- Muqova: Yumshoq
- Til: O‘zbek (lotin)
- Bichimi: A4
- Hajmi: 78
- “Muslima kundaligi” — bu ayollar uchun maxsus yaratilgan, 2 oy davomida kunlik va haftalik rejalashtirishga mo‘ljallangan kundalik. Kundalik yordamida har bir kunni samarali o‘tkazish, rejalash va oxirida sarhisob qilish mumkin.
Kundalik quyidagi bo‘limlardan iborat:
- 🌸 Orzu va maqsadlar: qisqa va uzoq muddatli rejalar
- 🕋 Kunlik vazifalar va rejalash: namozlar, zikrlar, duolar, muhim ishlar, eslatmalar
- 📖 Qur’on treker: o‘qilgan suralarni belgilash
- 📚 Kitoblar trekeri: o‘qigan kitoblarni belgilash va baholash
- 🌟 Muhim insonlar: hayotdagi ilhom manbalari va yaqinlar bilan aloqani kuzatish
Kitob har bir kunni, soatni qanday o‘tkazish, rejalashtirish va o‘z faoliyatingni baholashga yordam beradi. Shu bilan birga, ruhiy rivojlanish, ma’naviy intizom va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
👩 Kimlar uchun:
- Har bir ayol uchun
- Hayotini rejalashtirish va maqsad sari intilayotganlar
- Ruhiy va ma’naviy o‘sishni istovchilar
🌟 Foydasi:
- Kunlik va haftalik rejalarni samarali tuzishga yordam beradi
- Namoz, zikr va duolarni muntazam bajarishga rag‘batlantiradi
- Kitob o‘qish va Qur’on yodlashni kuzatishga imkon beradi
- Muhim ishlar va vazifalarni tashkil qiladi, eslatmalar bilan samarali boshqaradi
- Har bir kunni oxirida sarhisob qilib, o‘z rivojlanishini baholash imkonini beradi