• Mahsulotimiz nafaqat sifatli, balki har qanday didga mos keladigan uch xil klassik rangda taqdim etiladi. Har bir rang o'ziga xos uslubga ega va oltin rangli choklar bilan bezatilgan:
• Jigarrang (Klassik): Aristokratik va vazmin ko'rinishni xush ko'ruvchilar uchun. To'q rangli va och rangli hayvonlarga birdek chiroyli ko'rinadi.
• Havo rang (Moviy): Yorqin va nafis rang bo'lib, sevimli hayvoningizga o'zgacha joziba va yengillik bag'ishlaydi. Ayniqsa, oq yoki kulrang mushuk/itlarda juda yorqin ko'rinadi.
• Kulrang (Modern): Zamonaviy va universal tanlov. Har qanday sharoitda ham o'zining estetik ko'rinishini yo'qotmaydi va kirlanishga chidamli hisoblanadi.
• Rang tanlash: Buyurtma berish jarayonida o'zingizga yoqqan rangni (Jigarrang, Havo rang yoki Kulrang) tanlash imkoniyati mavjud.
• Material: Barcha rangdagi o'shyaklar bir xil yuqori sifatli, yumshoq va bardoshli matodan tikilgan
• Hajmi; 40 - 1 sm. 40 - 1.5 sm
Premium va chidamli material:
Bo'yinbog' yuqori zichlikdagi neylon va yumshoq mato qoplamasidan tayyorlangan. Bu material uzoq vaqt xizmat qiladi, cho'zilmaydi va yuvilganda rangini yo'qotmaydi. Ichki qismi yumshoqligi sababli hayvonning bo'yin qismidagi yunglarini to'kmaydi va terisiga zarar yetkazmaydi.
Ergonomik fiksator (Qulflash tizimi):
"Quick-release" (tezkor ochilish) tizimi bilan jihozlangan mustahkam plastik zashyolka bo'yinbog'ni bir necha soniyada taqish imkonini beradi. Fiksator ishonchli mahkamlanadi va hayvon tasodifan biror narsaga ilinib qolsa, kuchli bosim ostida ochilishi mumkin (bu hayvon bo'g'ilib qolishining oldini oladi).
Universal o'lcham va sozlanuvchanlik:
O'shyak maxsus regulyator bilan jihozlangan. Bu esa uni quyidagi hayvonlar uchun universal qiladi:
Kichik va o'rta yoshdagi mushuklar;
Kuchukchalar;
Kichik zotli itlar (Shpits, Yorkshir teryeri, Chihuahua va boshqalar).




