Sevimli mushugingiz uchun qulay, xavfsiz va shinam dam olish maskanini yarating. Ushbu zamonaviy o‘yin uychasi mushugingizning sevimli joyiga aylanadi. U yerda mushuk dam olishi, uxlashi, yashirinishi va bemalol o‘ynashi mumkin.
Uycha yuqori sifatli ekologik toza materialdan tayyorlangan bo‘lib, begona hid chiqarmaydi va uy hayvonlari uchun mutlaqo xavfsizdir. Mustahkam konstruksiyasi uzoq muddat xizmat qiladi, shaklini yo‘qotmaydi va kundalik foydalanishga bemalol bardosh beradi.
Ichki qismi keng bo‘lgani sababli mushuk erkin harakatlanishi, uxlashi va dam olishi mumkin. Katta kirish qismi mushukning bemalol kirib-chiqishini ta'minlaydi, dumaloq derazachasi esa havo aylanishini yaxshilaydi va mushuk uchun yanada qiziqarli muhit yaratadi. Tomining o‘ziga xos dizayni mahsulotga chiroyli ko‘rinish beradi va har qanday interyer bilan uyg‘unlashadi.
Uycha hech qanday asbobsiz bir necha daqiqada oson yig‘iladi. Zarurat tug‘ilganda tezda yechib olinadi va saqlash yoki tashish uchun qulay. Sirtini tozalash juda oson, jun va changni tezda artib tashlash mumkin.
• Ekologik toza va xavfsiz material.
• Mustahkam hamda uzoq xizmat qiladigan konstruktsiya.
• Zamonaviy va chiroyli dizayn.
• Uxlash va dam olish uchun keng ichki joy.
• O‘yin va yashirinib dam olish uchun ideal.
• Asboblarsiz oson yig‘iladi.
• Tozalash va parvarish qilish juda qulay.
• Barcha zot va yoshdagi mushuklar uchun mos.
• Shinam muhit yaratadi va sovuq shamoldan himoya qiladi.
• Uy, kvartira va dala hovli uchun ajoyib tanlov.
O‘lchami: 60 × 30 × 37 sm.

