Hayotingiz evaziga nimalarni qurbon qila olardingiz?
🤩 Tanlov qilishda shoshilmang, chunki har bir yoʻqotishning oʻz badali bor…
💔 Genki Kavamuraning ushbu asari inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga nazar soladi. Bosh qahramon – ogʻir xastalikka chalingan yigit oʻz umrini uzaytirish ilinjida Iblis bilan kelishuvga rozi boʻladi. Har bir qoʻshimcha kun evaziga dunyodagi bitta buyum yoki tushuncha yoʻqlikka mahkum etiladi.
🤩Muallif kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylangan buyumlar va tuygʻular ortiga yashiringan haqiqatlarni mahorat bilan ochib beradi. Asar oʻquvchini yaqinlaridan ayrilish, yolgʻizlik va kechirimlilik kabi mavzular ustida fikr yuritishga chorlaydi.
Sahifalar soni: 208 bet
Muqova: yumshoq

