📌 Kitob nomi: Lolazor
📌 Muallif: Murod Muhammad Do'st
📌 Til: O‘zbek
📌 Yozuv: Lotincha
📌 Muqova: Qattiq
📌 Sahifalar soni: 704
📌 Qisqacha mazmun:
Murod Muhammad Do'stning "Lolazor" romani uzoq yillardan buyon keng kitobxonlar diqqat e'tiborini oʻziga jalb qilib ke- layotgan asarlardan biri sanaladi. Roman voqealari muallif va asar qahramoni Saidqul Mardon tilidan bayon qilinadi. Xo'sh, Saidqul Mardon kim? U asardagi yagona g'olib shaxsmi yoki davrning qurboni? Yozuvchi ushbu obrazni xarakter darajasiga ko'tarishda asosiy e'tiborni inson va jamiyat masalasiga qaratadi. Muallif turli toifaga mansub, jamiyatda turli mavqega ega shaxslarni yonma-yon tasvirlaydi. Natijada Saidqul Mardon xarakterining qirralari qabarib ko'rina boshlaydi. Uning insoniy fazilatlari, jumladan, odamlarga ishonuvchanligi, ularga nisbatan alohida mehri, hurmati boshqalar tomonidan munosib e'zozlanmasligi hayotiy lavhalarda ochib beriladi. Roman xilma-xil e'tiqoddagi kishilar munosabatini ifoda etishi jihatidan ham alohida ajralib turadi. Fikrimizcha, romanda yozuvchi odamlarni ikki toifaga ajratishni maqsad qiladi. Birinchi toifadagilar hayoti davomida halollikni, vijdoni oldida poklikni bayroq qilib ko'targan kishilar. Ikkinchi toifadagilar qalb, vijdon amriga emas, balki vaziyat, turmush sharoitidan kelib chiqib ish ko'ruvchilar.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

