Ushbu kitob sport psixologiyasi sohasidagi ma’lumotlarni jamlagan bo‘lib, sportchilar, murabbiylar va ota-onalarga psixologik bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan. Undagi materiallar tushunarli va ommabop ilmiy uslubda bayon etilgan hamda sportchilar, murabbiylar va ota-onalarni qiziqtirgan, psixologik tayyorgarlikni takomillashtirishga oid savollarga javob beradi.
Kitob murabbiylar, sportchilar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.

