📌 Kitob nomi: Multilevel master turk dili OKUMA, DINLEME, DENEME SINAVLARI kitoblari
📌 Muallif: Alisher Kurbanbayev
📌 Yozuv: Lotincha
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Sahifalar soni:
Deneme- 208
Dinleme- 260
Okuma- 416
📌 Qisqacha mazmun:
"MULTILEVEL TURK TILI OKUMA" kitobi - turk tilini o'rganish jarayonida o'qish ko'nikmalarini rivojlantirishga mo'ljallangan amaliy mashqlar, tushuntirishlar va testlar to'plamidir. Ushbu kitob orqali siz turli darajalardagi matnlarni o'qib, ularning mazmunini anglash, tafsilotlarni aniqlash va mantiqiy bog'lanishlarni topish bo'yicha bilim va ko'nikmalaringizni mustahkamlaysiz. Kitobda belgilangan 5 ta o'qish matni va ular asosida tuzilgan testlar mavjud bo'lib, har bir to'g'ri javob sizga 1 ball hisobidan baho beradi. Test bajarish uchun berilgan vaqt 1 soatni tashkil etadi. Javoblaringizni test javob varag'idagi tegishli joylarga to'g'ri belgilashingiz muhimdir.
"MULTILEVEL TURK TILI DINLEME" kitobi orqali turk tilida tinglab tushunish (dinleme) ko'nikmalaringizni rivojlantirishga va amaliy mashqlar va testlar orqali bilimlaringizni sinab ko'rishga yo'l ochasiz. Bu kitob, ayniqsa, turk tilidan imtihon topshirishga tayyorlanayotgan yoki tilni chuqurroq o'rganmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan bo'lib, sizni real imtihon muhiti bilan tanishtiradi, eshitish orqali tushunish bo'yicha ko'nikmalaringizni mustahkamlaydi.
Multilevel imtihonining Tinglab tushunish bo'limida 6 ta dinleme matni, ya'ni tinglab tushunish bo'limidagi qismlar, mavjud bo'lib, har biri turli formatdagi savollar bilan birga keladi. Har bir matnni tinglashdan oldin savollarni diqqat bilan o'qib chiqish uchun sizga vaqt beriladi. Bu vaqtni samarali ishlatish juda muhim: savollarni oldindan o'qib chiqsangiz, tinglash vaqtida kerakli ma'lumotlarga e'tibor qaratishingiz osonlashadi. Har bir savolga mos keluvchi eng to'g'ri javob variantini (A, B yoki C) javob varaqasining tegishli bo'limiga belgilashingiz kerak.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

