📘 Multilevel Writing Practice Tests kitobi chet tilini bilish darajasini baholash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, "Multilevel" (Ko‘p darajali) testining "Writing", ya’ni yozma topshiriqlar bo‘limiga va tez tayyorlanish uchun ishlab chiqilgan. 📖✍️
"Writing" bo‘limining asosiy maqsadi o‘quvchilarni mavzulashtirilgan yozma topshiriqlar orqali aniq va ravon fikr bildirish, kerakli ma’lumotlarni to‘g‘ri ifodalash hamda yozma nutq ko‘nikmalarini baholashdan iborat. ✅📝
Kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, Task 1 va Task 2 bo‘limlarida yozma topshiriqlar mavzular asosida taqdim etilgan. 📚 Har bir yozma topshiriq uchun namunaviy javoblar ham berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning imtihonga puxta tayyorlanishiga yordam beradi. 🎓✨ Savollar DTM standartlariga moslashtirilgan. 🎯✅
📘 Multilevel Listening Practice Tests kitobi chet tilini bilish darajasini baholash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, "Multilevel" (Ko‘p darajali) testining "Listening", ya’ni tinglab tushunish bo‘limiga va tez tayyorlanish uchun ishlab chiqilgan. 🎧📖
Ushbu kitobdagi savollar DTM standartlari asosida tayyorlangan bo‘lib, imtihondagi "Listening" bo‘limi 6 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, jami 35 ta savolni o‘z ichiga oladi. ✅📝
Multilevel Listening Practice Tests kitobida imtihondagi har bir savol turi alohida bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, o‘quvchilarimiz har bir bo‘lim bo‘yicha berilgan mashqlarni ishlab, o‘zlarining tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. 🎯🎓
Mashg‘ulotlarning audiolari Telegram kanaliga joylashtirilgan va ushbu audiolardan foydalanish uchun kitobga alohida QR-kod kiritilgan. 📲🔊
📘 Multilevel Reading Practice Tests kitobi chet tilini bilish darajasini baholash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, "Multilevel" (Ko‘p darajali) testining "Reading", ya’ni o‘qib tushunish bo‘limiga va tez tayyorlanish uchun ishlab chiqilgan. 📖✨
"Reading" bo‘limining asosiy maqsadi o‘quvchilarning ommabop, ilmiy-ommabop hamda ilmiy matnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunish, aniq ma’lumotlarni izlash hamda ochiq aytilmagan ma’lumotlarni anglash ko‘nikmalarini baholashdir. ✅📝
Ushbu kitob 5 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, barcha savollar DTM standartlari asosida tayyorlangan. 🎯📚 Multilevel Reading Practice Tests kitobidagi har bir topshiriq imtihon formati bilan moslashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilarning har qanday chalg‘ituvchi savol turlariga puxta tayyorlanishiga yordam beradi. 🧠📋
Mashqlarning to‘liq yechimlari Telegram kanaliga joylashtirilgan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun kitobga QR-kod kiritilgan. 📲🔗
📘 Multilevel Speaking Practice Tests qo‘llanmasi Bilimlarni Baholash Markazi tomonidan belgilangan standartlarga mos ravishda tayyorlangan bo‘lib, chet tilini bilish darajasini baholashning "Speaking" (So‘zlashuv) bo‘limi uchun va samarali tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. 🗣️📖
Mazkur qo‘llanma, ayniqsa, so‘zlashuv bo‘yicha tajribasi yetarli bo‘lmagan yoki imtihonlarda yaxshi natijaga erisha olmayotgan test topshiruvchilar uchun mo‘ljallangan. ✅✨ Multilevel Speaking Practice Tests kitobida berilgan topshiriqlar imtihon formati bilan moslashtirilgan bo‘lib, unda Bilimlarni Baholash Markazi namunalaridagi savollar va C1 darajasidagi namunaviy javoblar keltirilgan. 📝🎯
Mazkur javoblar yodlash uchun emas, balki imtihonda qanday qilib to‘g‘ri va mazmunli javob berish uchun g‘oya olishga yo‘naltirilgan. 💡🎓 Shu sababli, ushbu qo‘llanma orqali test topshiruvchilar har qanday "Speaking" savollariga mos ravishda va o‘z fikrlarini to‘liq ifoda eta oladigan darajada tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. 😊🌟
📘 Multilevel Imtihonga tayyorlanayotgan o‘quvchilarning imtihon oldidan o‘z bilim darajalarini sinovdan o‘tkazishda juda katta yordam beradi. Bu kitobda haqiqiy Multilevel imtihon formatidagi 10 ta to‘liq test mavjud bo‘lib, o‘quvchilar imtihonda uchrashi mumkin bo‘lgan savol va topshiriqlarning qiyinchilik darajasi va savol turlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. 📝🎯
Javoblar bo‘limida esa "Writing" (Insho yozish) bo‘limi uchun namunaviy B2 va C1 darajasidagi insho misollari berilgan. Bu insho yozish va g‘oya to‘plash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. ✍️💡
Maxsus QR-kod orqali esa "Listening" (Tinglab tushunish) bo‘limiga oid audiolarni maxsus Telegram kanalga ulanish orqali topishingiz mumkin. 🎧📲

