Bu kitob shunchaki "muloqot mahorati" haqida emas. Unda terrorchilar va jinoyatchilar bilan olib borilgan muzokaralar kabi ko‘plab jarayonlar davomida to‘plangan va o‘z samarasini ko‘rsatgan usullar jamlangan. Muallif yuqori malakali muzokarachilarni kuzatish va ular bilan ishlash tajribasiga asoslangan xulosalari bilan o‘rtoqlashadi hamda ortiqcha gap-so‘zlarsiz, sof amaliy bilimlarni taqdim etadi.
Kitobning asosiy g‘oyasi tomonlarning o‘zaro kelishuvga erishishni ko‘zlovchi odatiy "yut-yut" (win-win) tamoyilidagi muzokaralar doirasidan tashqariga chiqadi. Ko‘pincha, "hurmatli hamkor" deb ataluvchi tomonlar bizga bosim o‘tkazishga, o‘z irodasini singdirishga va qat’iy qarashlarimizni sindirishga urinadilar. Shu sababli, muzokaralarimizning katta qismi ziddiyatli vaziyatlarda kechadi — bu nafaqat biznesga, balki kundalik hayotdagi holatlarga ham tegishlidir.

