«Mukoshafatul Qulub» — «Hujjatul Islom» Imom Abu Homid G‘azzoliyning eng mashhur ma’rifiy asarlaridan biridir. U ruhiy poklanish, ixlos, tavba, sabr, Allohga muhabbat, doimiy zikr kabi fazilatlarni chuqur tahlil qiladi.
Muallif insonning dunyoga kelishidagi ilohiy hikmat, yashashdan maqsad, qalbning kasalliklari va ularning davosi haqida sodda, ta’sirchan va hikmatli bayonlar keltiradi. Asar o‘quvchini oxiratni eslashga, dunyoviy g‘aflatdan qochishga, qalbni poklab yashashga undaydi.
Kitobda shuningdek, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning hayotlaridan ibratli lavhalar, u kishi umrining oxirgi kunlari va vafotlari haqida ta’sirli hikoyalar berilgan.
📝 Sahifalar soni: 472
📏 Bichimi: 17×24 sm
📕 Muqovasi: Qattiq
🔤 Alifbosi: Kirill


