• Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (Irfon va to‘fon), Tarixiy-badiiy roman
• Mavzu Ilm-fan, ma’rifat, tarix, insoniy qadriyatlar Asosiy g‘oya Ma’rifat va jaholat kurashi, insonning ilm orqali kamolga yetishi Foydali jihatlar Tarixiy ma’lumot beradi, tafakkurni rivojlantiradi, ma’naviy tarbiya beradi
• Maqsadli auditoriya Talabalar, o‘qituvchilar, adabiyot ixlosmandlari, tarix va falsafa o‘quvchilari Qo‘shimcha O‘qish uchun qulay shrift, badiiy bezakli sahifalar, tarixiy izohlar bilan boyitilgan
Hurmatli ktobxonlar bizning do'konimizdan kitob xarid qilganingizdan xursandmiz. SIZLARDAN iltimosimiz shuki, kitob haqidagi fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni albatta qoldirsangizlar. Fikrlaringiz bizning kelajakdagi ishlarimizda yanayam rivoj topishimizda ko'mak beradi.
Buyuk allomalarimiz haqida ko‘proq bilsak, biz o‘z tariximiz, ildizimiz va ma’naviy quvvatimizni chuqurroq anglaymiz.
Zero, o‘tmishdagi buyuk siymolar — ilm, tafakkur va iymon yo‘lida bizga yo‘l ko‘rsatgan yulduzlardir.

Ushbu tarixiy-badiiy roman o‘zbek xalqining faxri bo‘lgan buyuk alloma — Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti, ilmiy faoliyati va u yashagan davrning murakkab ijtimoiy-ma’naviy manzarasini yoritadi. Asarda ilm va jaholat o‘rtasidagi abadiy kurash, ma’rifatning insoniyat hayotidagi o‘rni, fidoyilik va sadoqat kabi yuksak qadriyatlar badiiy tasvirda o‘z ifodasini topgan.

Muallif o‘rta asr Bag‘dod ilmiy muhitini, “Bayt ul-Hikma” olimlarining ilmiy izlanishlarini, shuningdek, Xorazmiy kabi daholar insoniyat taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shganini jonli sahnalar orqali ko‘rsatadi. Asar o‘quvchini o‘tgan zamonlar ruhi bilan tanishtiradi, o‘z milliy tariximizga faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.



