Emma Skottdan bestsellerga aylangan romantik roman! Bu — sirli yozuvchi Julian va kitobsevar Natali o‘rtasidagi muhabbat qissasi. Julianning siri Natalining hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. Muallif sevgi va yo‘qotish, ulg‘ayish va qiyinchiliklarni yengish, hayot mazmunini izlash hamda yaqinlar bilan murakkab munosabatlar haqidagi chuqur hissiyotlarga boy asarlari orqali allaqachon yarim milliondan ortiq kitobxonning qalbidan joy olgan.
Mazkur roman Emma ijodida biroz o‘zgacha: hikoya uchinchi shaxs nomidan bayon qilinadi, bosh qahramonlarning ikkisi ham adabiyot va samimiy suhbatlardan ilhomlanadigan introvertlardir. Natali qahvaxonada ishlaydi va kitoblarni yaxshi ko‘radi. Julian esa... ularni yozadi.

