Ushbu kitob - taʼsiriga tushib qolganingiz hissiy manipulyatsiyalarni farqlab olishingizga, o‘zingizni himoya qilish va vaziyatni o‘z nazoratingizga olib, kuchli tarzda boshqarishingizga yordam beradi, sizni toliqtirayotgan, zarar berayotgan barcha muammolardan qutulish yo‘llarini o‘rgatadi.
Ushbu kitobda tashqi muhit va shasxiyatimiz o'rtasida o' rnatilgan ko'prik munosabatlar haqida gap boradi. Insonlar nima uchun bir-birlarini tushunishga qiynalishadi, nima uchun oradagi rishtalar turli sovuqchiliklar bilan uzilib ketadi, nega ba'zilar yolg'izlikdan qiynalishadi - shu kabi savollarga kitob mutolaasi orqali javob topishingiz mumkin.
Eng muhimi, asl tabiatimizdan kelib chiqib, baxtli hayot kechirishni, sevikli insolarimiz davrasida bo'lishni, yangi munosabatlar qurishda qiynalmaslikni xohlasak, kitobda aytilganlardan xulosa chiqarib, hayot oqimi bo'ylab suzishda davom etmog'imiz lozim.
Ha, o’z “markaz”ida tura olgan, o’zgalarning hayotiga bosh suqavermaydigan, murosasoz, moslashuvchan hamda vazmin insonning ko’ngli jarohat olishi, ozorlanishi, yaralanishi mumkin emas. Ha, inson ozorlanmaslik uchun naqadar kuchli, chidamli va sobitqadam qiyofaga kirishga urinar ekan, yana ko’proq azob chekadi. Himoya qalqonlari bunday vaziyatlarda insonga naf bermaydi, aksincha zarar beradi.
Haqiqiy kuch-quvvatni tashqaridan emas, balki o’z “markaz” ingizdagi moslashuvchanlik va murosasozlikdan olishingiz mumkin. Xosh. “markaz” qayerda o’zi?
Ushbu kitob asliyatini, o’zligini izlayotgan insonlar uchun yozilmadi, “markaz”ini yo’qotib qo’ygan insonlar uchun yozildi.
Tashqaridan izlamoq uchun emas, balki o’z qalbidan topmoq uchun qalamga olindi. Ha, inson zoti o’z “markaz”ini tashqaridan topa olmaydi, chunki “markaz” ichkaridadir, uni topishga qaror qilganingizda yangidan kashf qilasiz.
O’z “markaz”ida bo’la olishni bilgan inson uchun falokat, g’am-tashvish, tushkunlik, ishonchsizlik, biror nuqson va qo'rquv aslo yo'qdir.
“Yo’q” deyolmaslikning hayotga ta’siri katta. Bu jihatlar o’zini tezda sezdirmasa ham, vaqt o’tgach yelkangizga minib olishi mumkin.
Tezda rozi bo’lish avvaliga o’zingizni binoyidek his qildirishi mumkin, lekin rozi bo’lganingiz, aslida, qo’lingizdan kelmaydigan ish bo’lsa-chi?
Tabiiyki, bunday vaziyatda ichki muvozanatingiz buziladi. Qanday deysizmi?
Ushbu kitob shu va shu kabi savollarga oqilona javob beradi.

