Yaqinlaringiz, ota-onangiz va aziz insonlaringiz uchun qadrli hamda ma’naviy sovg‘a to‘plami. To‘plam tashqi qismi nafis kashta va «Robbim sizni jannat bilan siylasin!» duosi bilan bezatilgan mustahkam baxmal qutiga joylashtirilgan. Ichidan o‘zbek tilidagi «Qur’oni Karimning mashhur suralari fazilati» kitobi (QR-kod orqali tilovatni tinglash imkoniyati bilan), yumshoq velyur matodan tikilgan naqshinkor joynamoz hamda chiroyli toshli tasbeh o‘rin olgan. Ramazon, Qurbon hayiti, Umra va Haj ziyoratlaridan qaytishda, juma ayyomlari va tug‘ilgan kunlar uchun munosib hadya.

