• Turi: organik oltingugurt manbai (bo‘g‘imlar, soch va teri uchun BFQ)
• Chiqarilish shakli: o‘simlik asosidagi vegetarian kapsulalar
• Miqdori: 120 ta kapsula
• Xususiyati: tarkibida hayvonot jelatini yo‘q (100% vegetarian formula)
• Faol komponent: metilsulfonilmetan (MSM / organik oltingugurt)
• Qabul qilish: kuniga 2 mahal, ovqatlanish vaqtida 1 kapsuladan
• Qo‘llanilishi (foydasi): bo‘g‘im va tog‘aylar salomatligi, yallig‘lanish va og‘riqlarni kamaytirish, teri tarangligi, soch to‘kilishini to‘xtatish, mustahkam tirnoqlar
• Sertifikatlar: Halol (Halal), Muvofiqlik sertifikati, HACCP
MSM — bo‘g‘imlar salomatligi, qalin sochlar va yosh teri uchun tabiiy oltingugurt!
Bo‘g‘imlar salomatligi haqida gap ketganda, ko‘pchilik faqat glyukozamin va xondroitinni eslaydi. Ammo organik oltingugurt (MSM) bo‘lmasa, organizmda yangi kollagen va keratin oqsillari hosil bo‘lmaydi.
Ya’ni MSM bir vaqtning o‘zida ham bo‘g‘im va paylarni mustahkamlaydi, ham terining tarangligini ta’minlab, sochlarning baquvvat o‘sishiga yordam beradi.
Bu oddiy «moylash vositasi» emas, balki biriktiruvchi to‘qimalarning elastikligi va mustahkamligi uchun eng asosiy qurilish blokidir.

Tarkibiy qismning foydali xususiyati:
• Metilsulfonilmetan (MSM) — organizm tomonidan oson o‘zlashtiriladigan organik oltingugurtning eng toza tabiiy shaklidir. U fermentlar ishlab chiqarilishi, to‘qimalar elastikligi va yallig‘lanishga qarshi tabiiy to‘siq hosil qilishda bevosita ishtirok etadi.
Kimlar uchun va qaysi holatlarda tavsiya etiladi:
• Bo‘g‘imlarida og‘riq, qattiqlik yoki qarsillash bo‘lgan insonlar uchun.
• Sportchilar, yuguruvchilar va bo‘g‘imlariga og‘ir yuklama tushadiganlarga.
• Sochlari to‘kilayotgan, tirnoqlari sinuvchan va terisi elastikligini yo‘qotgan ayollar va erkaklar uchun.
• Hayvonot xomashyosidan (jelatindan) saqlanadigan insonlar uchun.
Boshqa vositalar bilan birga qo‘llanilishi (Mos kelishi):
• Tabiiy kollagen bilan: mukammal natija — MSM o‘z kollageningiz ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, kollagen esa tayyor qurilish oqsilini yetkazib beradi.
• Gialuron kislotasi bilan: bo‘g‘imlarni moylash va terini chuqur namlantirish uchun.
• «Regenature» yoki Rux (Sinx) bilan: teri, soch va tirnoqlar uchun kuchaytirilgan antioksidant va yallig‘lanishga qarshi himoya.

Qo‘shimcha ma’lumot:
MSM glyukozamin yoki xondroitinning o‘rnini bosmaydi, balki ularning ta’sirini 2 barobar kuchaytiradi. Agar siz bo‘g‘imlar uchun boshqa vositalar ichayotgan bo‘lsangiz, MSM qo‘shilishi to‘qimalarning yangilanishini sezilarli darajada tezlashtiradi.

