To‘rtburchak Qanotli Oshxona Moykasi (Nakladnaya)
Oshxonangiz uchun klassik, o‘ta qulay va hamyonbop yechim! Ushbu to‘rtburchak shakldagi, keng qanotli (krilo) zanglamaydigan po‘latdan yasalgan moyka har qanday oshxona garniturining alohida turuvchi shkafiga (tumbasiga) mukammal o‘rnashadi.
Asosiy Afzalliklari va Xususiyatlari:
- Kengaytirilgan Quritish Qanoti: Moykaning deyarli yarmini tashkil etuvchi keng yon qanoti yuvilgan idishlar, qozonlar va meva-sabzavotlarni quritish uchun juda qulay. Maxsus chuqurchalar suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichkariga yo‘naltiradi.
- Mustahkam va Chidamli Material: Yuqori sifatli nerjaveykadan tayyorlangan bo‘lib, uzoq yillar davomida zanglamaydi, yuzasi tirnalishlarga va qaynoq suvga (yuqori haroratga) bardosh beradi.
- Smesitel (Kran) Uchun Teshik: Moykaning yuqori qismida kran o‘rnatish uchun maxsus tayyor zavod teshigi mavjud.
- Oson o‘rnatish (Nakladnaya): Maxsus kesish va murakkab montajni talab qilmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keluvchi oshxona tumbasining ustiga kiygiziladi (nakladnoy turi).
- Parvarishlashdagi qulaylik: Yuzasi silliq va gilyanets effektiga ega bo‘lgani uchun yog‘ va kirlarni o‘zida ushlab qolmaydi, osongina tozalanadi.
Texnik Xarakteristikalari:
- Shakli: To‘rtburchak
- Material: Zanglamaydigan po‘lat
- O‘rnatish turi: Nakladnaya
- Yuzasi: Yaltiroq