Mooto himoya shlemi yakkakurash mashg’ulotlari uchun mo’ljallangan. Mustahkam tashqi qismi zarba kuchini samarali kamaytiradi, yumshoq ichki qatlami esa uzoq mashg’ulotlarda ham yuqori qulaylikni ta’minlaydi.
Shamollatish teshiklari havo almashinuvini yaxshilaydi va boshning qizib ketishini oldini oladi. Ergonomik shakli keng ko’rish maydonini saqlab qoladi va boshga ishonchli mahkamlanadi.
Afzalliklari:
• Boshni ishonchli himoya qiladi
• Yengil va qulay konstruktsiya
• Samarali shamollatish tizimi
• Mustahkam va chidamli material
• Yumshoq ichki qoplama
• Kundalik mashg’ulotlar uchun mos

