„Bolalar uchun polga mo‘ljallangan to‘plari bor o‘yin maneji — xavfsiz va qiziqarli o‘yin maydonini yaratishni istagan ota-onalar uchun ideal yechimdir. U bolaga erkin harakatlanish va rivojlanish imkonini berib, uydagi ajralmas yordamchingizga aylanadi.“
Kichkintoylar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘yin maneji to‘plari bor quruq basseyndan iborat bo‘lib, farzandingizning har bir kunini yorqin quvonchli his-tuyg‘ularga to‘ldiradi. To‘plar uchun mo‘ljallangan mustahkam karkasi (asosi) tufayli uni har qanday xonaga osongina o‘rnatish mumkin, yumshoq poli esa o‘yinlar davomida qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ichiga to‘plardan tashqari boshqa o‘yinchoqlarni ham joylashtirish mumkin, bu esa o‘yinlarni yanada qiziqarli va rang-barang qiladi. Kichkintoylar uchun bunday koptokli hovuzcha motorika, harakatlar koordinatsiyasi va sensorika (sezgi) qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bolalar o‘yin majmuasi — bu farzandingiz uchun qiziqarli va xavfsiz o‘yin maydonidir. Baland yon devorlarga ega maxsus to‘siq konstruksiyasi bolaning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, to‘rdan ishlangan shaffof devorlar esa ichkarini a’lo darajada ko‘rsatib turadi va sizga faol o‘yinlar paytida ham bolajonni to‘xtovsiz kuzatib turish imkonini beradi. Chaqmoqli (molniyali) eshikcha bola uchun ichkariga kirib-chiqishni qulay va oson qiladi, shuningdek, sizga istalgan vaqtda u bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Agar siz go‘daklar uchun eng yaxshi mahsulotlarni qidirayotgan bo‘lsangiz, unda ushbu manej aynan siz qidirgan narsadir. U ko‘chada yoki xonada bolalar maydonchasining bir qismiga aylanishi mumkin. Farzandingiz o‘zining shaxsiy hududida o‘yindan zavqlanib, o‘zini sehrli dunyodagidek his qiladi.
Bu nafaqat o‘yin o‘ynash joyi, balki farzandining xavfsiz joyda ekanligini bilgan ota-onalar uchun biroz dam olish imkoniyatidir. Ushbu ajoyib sovg‘a bilan jajji farzandingizga quvonch va qulaylik hadya eting!

