• Keratin sochning shikastlangan tuzilishini tiklashga yordam beradi
• Sochlarga chuqur namlik berib, quruqlik va mo‘rtlikni kamaytiradi
• Fen va issiq stylingdan oldin ishonchli termo himoya yaratadi
• Sochlarning elektrlanishi va tarashdagi qiyinchiliklarni kamaytiradi
• Uchlarning bo‘linishini oldini olib, silliqlik beradi
• Oqartirilgan va bo‘yalgan sochlar rangini saqlashga yordam beradi
• Sochlarga tabiiy jiloni qaytarib, yumshoqlik beradi
• Jingalak va itoatsiz sochlarni tekisroq va boshqariladigan qiladi
• Yuvilmaydigan formula kun davomida doimiy parvarish beradi
• Sochlarni og‘irlashtirmasdan hajm va elastiklikni saqlaydi
MOLY’S keratinli leave-in sprey-konditsioneri — bu professional darajadagi parvarish vositasi bo‘lib, quruq, shikastlangan va bo‘yalgan sochlarni tezda tiklash uchun yaratilgan. Uning ikki fazali innovatsion formulasi har bir tolani o‘rab, tashqi muhit va issiqlik (fen, utjok) ta’siridan himoya qiladi.
Tarkibidagi gidrolizlangan keratin soch strukturasi ichiga kirib, shikastlangan joylarni to‘ldiradi, mustahkamlaydi va elastikligini oshiradi. Aminokislotalar kompleksi sochni ichkaridan tiklaydi, Sodium PCA esa chuqur namlantirib, sochni qurib qolishdan saqlaydi.
Sprey sochni og‘irlashtirmaydi, yopishqoq effekt bermaydi va kundalik foydalanish uchun ideal. U sochni silliq qiladi, tarashni osonlashtiradi, “pushistost”ni kamaytiradi va uchlari sinishini oldini oladi. Sochlar yanada yaltiroq, jonli va sog‘lom ko‘rinadi.
Mahsulot barcha turdagi sochlar uchun mos: ayniqsa quruq, jingalak, bo‘yalgan va shikastlangan sochlar uchun juda samarali. Stylingni tez va oson qiladi, professional natija beradi.
Qo‘llash usuli: flakonni chayqatib, ikki fazani aralashtiring. Toza, biroz quritilgan sochga ildizdan chekinib, uzunligi bo‘ylab seping. Yuvilmaydi. Quruq sochga ham qo‘llash mumkin.



