Ushbu kitob — nomi hozirda butun bir soha (info-biznes) bilan uzviy bog‘lanib ketgan yosh rossiyalik tadbirkorning muvaffaqiyat tarixi. «Taxminan o‘n yil muqaddam men deyarli mablag‘siz, o‘zimga yoqmaydigan ishda ishlaydigan va moliyaviy muvaffaqiyat tamoyillaridan mutlaqo bexabar talaba edim. Bugungi kunga kelib esa, bir vaqtlar o‘zim oldimga qo‘ygan deyarli barcha moliyaviy maqsad va vazifalarga erishdim. Albatta, ularning o‘rnini ancha ulkanroq va muhimroq maqsadlar egalladi, ammo bu — boshqa bir suhbat mavzusi».

