Molecule 020
• Kimga mos: Erkaklar va ayollar uchun (unisex)
• Nota: Ambroxan, Iso E Super, iris, muskat, mandarindan yengil notalar.
• Hid: Bu atirda an’anaviy “gullar” yoki “shirinlik” yo‘q — u xuddi tering bilan birlashib, o‘ziga xos tabiiy hidni yaratadi. Kimdadir u toza havo kabi, boshqasida esa issiq yog‘och yoki tiniq metal ohangiday seziladi. Aynan shuning uchun uni “har kimda turlicha ochiladigan atir” deyishadi.
• Shleif: Yengil, lekin uzoq davom etadi. Atrofdagilar sizdan aniq bir hidni sezishmaydi, lekin “siz juda yoqimli hiddaysiz” deb qolishadi — sirli ta’sir.
• Mavsum: Barcha fasllar uchun mos. Ayniqsa sovuq havo bilan birga mukammal uyg‘unlashadi.
• Kimlar sepadi: Minimalizmni, tozalikni, soddalikni yoqtiradigan, ortiqcha diqqatni emas — tabiiy jozibani afzal biladigan insonlar.
• Qanday joylarga sepiladi: Ishga, uchrashuvga, samolyotga, sportdan keyin — har qanday holatda “yangi dushdan chiqqandek” his beradigan atir.
• Harakter: Toza, zamonaviy, sirli, o‘ziga xos.

