Kitob haqida:
Sent-Osvald imtiyozli maktabi doimo benuqson tartib-intizom va benazir odob-axloq bilan mashhur bo‘lgan. Bu yerda qandaydir bema’ni, g‘alati, dahshatli voqea sodir bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Ammo shunday voqealar sodir bo‘lmoqda. Kichik tushunmovchiliklardan boshlanib, asta-sekin voqealar qor to‘pidek kattalashib boradi. Sent-Osvaldga qarshi yashirin urush olib borilmoqda, bu urush uning butunlay vayron bo‘lishiga olib keladi. Bu voqealarning ildizi o‘tmishga borib taqalishini hech kim bilmaydi, azob chekayotgan bola o‘zining xo‘rlanganligi uchun maktabdan o‘ch olishga qat’iy qaror qilgan edi.

