Novey Aura — mustahkam materiallardan ishlangan, aniq vazifalarni bajarish va barqaror aloqani ta'minlash uchun mo'ljallangan monoblok shaklidagi tugmali telefondir. Ushbu model uzoq vaqt zaryad saqlashi, qulay boshqaruvi va pishiq konstruksiyasi bilan ajralib turadi. U kundalik qo'ng'iroqlar, ishchi raqamlar yoki smartfondan tashqari qo'shimcha aloqa vositasi sifatida foydalanishga mo'ljallangan.
Novey Aura modeli to'liq butlangan qat'iy jamlanmaga ega. Qutining ichidan quyidagi buyumlar joy olgan:
Qopqoqlar qora, to'q yashil, to'q sariq va karbon teksturali ranglarda ishlab chiqarilgan. Foydalanuvchi o'z ehtiyojiga qarab telefonning tashqi panellarini mustaqil ravishda almashtirishi mumkin.
Telefonning tashqi ramkasi va asosiy qismlari metaldan ishlangan. Bu metall konstruksiya korpusni tashqi mexanik ta'sirlardan, yorilishlardan va tasodifiy tushib ketishlardan himoya qiladi. Tugmalari matnli va raqamli belgilarga ega bo'lib, bosilishi aniq va qulay. Ekran qismiga IPS matritsasi o'rsatilgan. Bu ekran turi oddiy displeylarga qaraganda ranglarni aniqroq ko'rsatadi va quyosh nuri ostida ham matnlarni qiyinchiliksiz o'qish imkonini beradi.
Novey Aura O'zbekistondagi barcha faol mobil aloqa operatorlari (Mobiuz, Ucell, Beeline, Uzmobile) tarmoqlarida standart sim-kartalar orqali muammosiz ishlaydi. Ushbu telefon uzoq xizmat muddati talab qilinadigan ish joylarida, aloqa sifati muhim bo'lgan sohalarda, keksalar uchun sodda boshqaruv qurilmasi sifatida yoki o'quvchilar uchun faqat aloqada bo'lish maqsadida foydalanishga mos keladi. Zavod tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu qurilmaga 1 yillik rasmiy kafolat taqdim etiladi.
Xaridorlar uchun eslatma: Mahsulotni topshirish punktida qabul qilib olish jarayonida uning butligi, korpusi va komplektatsiyasini diqqat bilan tekshiring. Agar qurilmani ishlatish jarayonida qandaydir muammo, nosozlik yoki savollar yuzaga kelsa, salbiy fikr (otzyv) qoldirishga shoshilmang. Uzum ilovasidagi "Sotuvchi bilan bog'lanish" (Chat) tugmasi orqali bizga murojaat qiling. Biz har qanday masalani qisqa muddatda sizning foydangizga hal qilishga tayyormiz.

