• Sim karta: Yo'q (Faqat Perfectum uchun)
• RAM: 256 MB
• Ekran: LCD 1,3" / 2,0"
• Protsessor: Qualcomm QSC 1110
• Qo'shimcha funktsiyalar: Chiroq, FM radio
• Batareya: 1000 mA/soat
• Yashirin raqamni ochish funksiyasi.
Novey Senat CDMA — bu ortiqcha ilova va ijtimoiy tarmoqlarsiz, sodda va ishonchli knopkali telefon istovchilar uchun klassik legushka telefon. Kichik o'lchamli korpus (97,3 × 49,5 × 18,7 mm) cho'ntak yoki sumkaga qulay joylashadi, 180 daraja egiluvchan korpus esa tez-tez ochib-yopishga bardoshli.
Telefon SIM-kartasiz, 2G CDMA 800/1900MHz tarmog'ida ishlaydi — Perfectum operatori uchun mos. Ishchi qo'ng'iroqlar, safar yoki zaxira telefon sifatida ishlatish uchun yaxshi tanlov.
Tashqarida — 1.3" qo'shimcha displey, u orqali qopqoqni ochmasdan vaqt va qo'ng'iroq qilayotgan raqamni ko'rish mumkin. Ichkarida — yirik va tushunarli belgilarga ega 2.0" ekran. Yirik tugmali klaviatura raqamni terishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik uchun alohida SOS tugmasi mavjud — favqulodda holatda tezkor chaqiruv, bu ayniqsa keksa ota-onalar yoki bolalar uchun telefon olinganda foydali. Shuningdek: Bluetooth, o'rnatilgan chiroq (fonarik), parvoz rejimi, yashirin raqamlarni saqlash va ovozsiz qo'ng'iroq rejimi mavjud.
Xotira — 256MB RAM va 128MB ROM, 32GB gacha xotira kartasi qo'llab-quvvatlanadi. 1000 mAh batareya o'rtacha foydalanishda bir necha kun ishlaydi. Oddiy suratlar uchun kamera ham bor.
Mavjud ranglar: qora, Pacific Blue, Space Gray, qizil.
O'ram tarkibi: telefon, batareya, quvvatlagich, qo'llanma, kafolat daftarchasi, flayer.
Rasmiy kafolat — 1 yil.



