MISSHA M Perfect Cover BB Cream SPF42 PA+++ — Koreyaning eng mashhur BB kremlaridan biri. U teri rangini tekislaydi, qizarishlar, pigment dog‘lari va mayda nuqsonlarni yashiradi. Tabiiy qoplama hosil qilib, yuzga sog‘lom va yorqin ko‘rinish beradi.
Formula tarkibidagi gialuron kislotasi, kollagen va o‘simlik ekstraktlari terini namlantiradi va kun davomida qulaylik yaratadi. BB krem SPF42 PA+++ himoyasi bilan quyosh nurlaridan ham himoya qiladi.
Yengil teksturasi teriga yaxshi moslashadi, niqob effekti hosil qilmaydi va kundalik foydalanish uchun juda mos. Barcha teri turlari uchun tavsiya etiladi.
Qo‘llanish usuli: yuz parvarishidan keyin kerakli miqdorda surting va bir tekis taqsimlang.
MISSHA BB Cream qaysi teri uchun
№13 — juda oq teri uchun.
№21 — och rang teri uchun.
№22 — och va pushti podtonli teri uchun.
№23 — bug‘doyrang va tabiiy teri uchun.
№25 — issiq podtonli o‘rta rang teri uchun.
№27 — qoramtirroq teri uchun.
№29 — to‘q rang teri uchun.

