Missbella qovuma pokrival komplekti yotoqxonaga ozoda va chiroyli ko‘rinish beradi. Jatka materialining o‘ziga xos teksturasi mahsulot dizaynini yanada nafis ko‘rsatadi.
Pokrivalning ustki tomoni gulli naqsh bilan bezatilgan, orqa tomoni esa bir xil rangli. Yostiq jildi ham xuddi shu uslubda: old tomoni gulli, orqa tomoni bir xil rangli. Choyshab gulli matodan tayyorlangan.
Pokrival chetlari kant bilan ishlangan bo‘lib, mahsulotga tartibli va tugallangan ko‘rinish beradi. Qovuma tikuvlari shaklni saqlashga va pokrivalning yotoqda chiroyli turishiga yordam beradi.
Komplekt: pokrival, choyshab va yostiq jildi.
Parvarish qilish bo‘yicha yo‘riqnoma:
30°C gacha bo‘lgan haroratda nozik rejimda yuvish tavsiya etiladi. Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang. Past aylanish tezligida siqing. Tabiiy usulda quriting. Yuqori haroratda dazmollamang.

