Komplekt 100% paxta matodan tayyorlangan. Mato yumshoq, yoqimli va kundalik foydalanish uchun qulay. Dizaynida mayin vertikal chiziqlar, teksturali naqshlar va nafis dekorativ elementlar uyg‘unlashtirilgan.
Modeliga qarab chet qismlari bobonchik yoki baxroma bilan bezatilgan. Oq rang va nozik naqshlar yotoqxonaga yorug‘ va ozoda ko‘rinish beradi.
Komplektda: pododeyalnik 200×230 sm — 1 dona, prostina 250×250 sm — 1 dona, yostiq jildi 48×74+8 sm — 2 dona.
Parvarish: 30–40°C da nozik rejimda yuvish tavsiya etiladi. Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang. Bobonchik/baxromalarni asrash uchun yuqori aylanishli siqish rejimidan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Past yoki o‘rtacha haroratda dazmollash mumkin.

