• Suv bilan to‘ldiriladigan barqaror asos
Mishok stoyachi — bu balandligi 170 sm, diametri 50 sm bo‘lgan silindr (bochka) shaklidagi sport trenajyoridir. Uning ichiga suv quyiladi, shu orqali og‘irligi oshadi va mashq paytida barqarorligi ta’minlanadi. Suv miqdorini o‘zgartirish orqali mishokning og‘irligini foydalanuvchi o‘z ehtiyojiga qarab sozlashi mumkin.
U kuchli zarbalarga chidamli bo‘lib, boks, kikboksing, MMA va fitnes mashqlari uchun juda mos keladi. Tik holatda turadi, qo‘shimcha devorga yoki shipga mahkamlashni talab qilmaydi. Uyda, sport zalida yoki ochiq maydonda foydalanish mumkin.


