Ziraklar mis qotishmasi asosida, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Bu bijuteriya, ya'ni rang qoplamadan keladi. Pushti tus sariq tilla rangidan yumshoqroq va oq hamda bug'doyrang teriga yarashadi. Ish kiyimi bilan ham, kechki libos bilan ham taqiladi, xuddi shu rangdagi kulon yoki uzuk bilan to'plam bo'lib chiroyli ko'rinadi. Parvarish oddiy: hammomda qoldirmang, basseyn va atir sepish oldidan yeching, taqib bo'lgach quruq salfetka bilan artib qutichaga soling.

