Klassik mis ziraklar, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama tusi iliq, u yuzni yumshoq yoritadi va och hamda tim sochga birdek yarashadi. Ish kiyimiga, svitirga yoki libosga taqing. Xuddi shu tusdagi uzuk bilan birga taqilsa, taassurot yaxlit chiqadi. Tilla yugurtirilgan qatlam namlik va pardoz vositalarini yoqtirmaydi, shuning uchun ziraklarni eng oxirida, atir va krem surilgandan keyin taqing, birinchi navbatda yeching. Quruq joyda alohida saqlang va yumshoq mato bilan arting.

