Misdan tayyorlangan uzuk, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama tekis, jilosi bosiq, shuning uchun uzukni har kuni taqish qulay. Uzuk yolg'iz o'zi ham chiroyli turadi, shu tusdagi ziraklar yoki kulon bilan birga ham yarashadi. Pushti tus och va to'q rangdagi kiyimga birdek mos. Qoplama uzoq turishi uchun suv va yuvish vositalaridan oldin uzukni yeching, quruq mato bilan arting va quticha bo'lmasida alohida saqlang.

