Uzukning asosi mis qotishmasidan, ustiga 18 karat tilla yugurtirilgan, ko'zi fianitdan. Chang va kosmetikadan asralsa, tosh yaltirashini uzoq saqlaydi. Bunday uzukni har kuni taqish mumkin: u bejirim va har qanday uslubdagi kiyimga mos tushadi. Tantanaga esa shunga o'xshash ko'zli ziraklar yarashadi. Qo'l yuvish, ovqat tayyorlash va tozalashdan oldin yechib qo'ying, aks holda qoplama tezroq xiralashadi. Xaltachada alohida saqlang, bir necha marta taqilgach tosh bilan birga yumshoq quruq mato bilan arting.

