Uzuk mis asosli zargarlik qotishmasidan tayyorlangan va 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Sodda dizayni tufayli uni har kuni taqish mumkin, kiyimga moslashtirish uchun uzoq o'ylash shart emas. Pushti qoplama kunduzgi yorug'likda iliq ko'rinadi, kechqurun chiroq nurini yumshoq qaytaradi. Uzuk shu rangdagi ziraklar yoki kulon bilan juft bo'ladi. Dush, uy tozalash va sportdan oldin bezakni yeching, unga atir va krem tegizmang. Taqib bo'lgach quruq salfetka bilan artib, yumshoq matoli xaltachaga soling.

