Marjon mis asosda tayyorlangan va 18 karat sariq tilla bilan yugurtirilgan, bezagida shaffof fianitlar ishlatilgan. Harakat paytida fianitlar yorug'likni qaytarib, bo'yin chizig'ini yorqin ko'rsatadi. Bunday marjon to'y, yubiley va bayram uchun qulay: ochiq yoqali ko'ylak, bir rangli bluzka yoki kostyum bilan mos tushadi. Xuddi shu iliq rangdagi ziraklar bilan birga taqilsa, ko'rinish yaxlit bo'ladi. Marjonni pardoz va atirdan keyin taqing, uyquga yotishdan oldin yeching, yumshoq g'ilofda alohida saqlang.

