Mis kulon, usti 18 karat sariq tilla bilan yugurtirilgan. Qoplamaning iliq sariq rangi kundalik kiyimga ham, bayramona kiyimga ham to'g'ri keladi. Kulon mos qalinlikdagi zanjir yoki ipga osib taqiladi. Yoniga yirik toshsiz, shu tusdagi ziraklar yaxshi tushadi. Dush va sportdan oldin yechib qo'ying, boshqa taqinchoqlardan alohida saqlang, taqib bo'lgach yumshoq quruq mato bilan arting.

