Mis ziraklar, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Metalning pushti tusi iliq, shuning uchun u bej, kulrang va oq kiyimni jonlantiradi. Ularni ishga, uchrashuvga yoki oilaviy bayramga taqish mumkin. Xuddi shu tusdagi uzuk va zanjir bilan birga yaxlit komplekt chiqadi. Tilla yugurtirilgan sirt namlik va qattiq tozalash vositalarini yoqtirmaydi. Dush va uykudan oldin yeching, kukun bilan tozalamang, quruq yumshoq mato bilan artish kifoya. Yopiq qutichada saqlang.

