Otang ham, onang ham borligi yaxshi. Ammo agar butunlay yolg‘iz bo‘lsang-chi? Agar Astrid Lindgrenning ertak-qissasi qahramoni, to‘qqiz yoshli Busse kabi chidab bo‘lmas darajada yolg‘iz bo‘lsang-chi? Shunda tasavvuring seni Olis Mamlakatga olib ketishi mumkin. U yerda qirol sening otang, o‘zing esa go‘zal shahzoda Miosan. Hatto xavf ostida qolib, dahshatli va ayyor ritsar Katoga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelsa ham, sen har qanday qo‘rquvni yenga olasan, chunki o‘sha sehrli mamlakatda orzu qilgan barcha narsalaring albatta amalga oshadi
Muqova turi: qattiq
Sahifalar soni: 128

