Tovar rasmlari o'zida biroz farq qilishi mumkin. Tovar rasmlari AI orqali yaratilgan.
Wi-Fi routerlar, Kuzatuv kameralar, Videoregistratorlar (DVR/NVR), LED lentalar, Simsiz telefon bazalari, Kichik audio miksherlar, Raqamli soatlar, Smartfon va planshetlar, Aqlli uy datchiklari, Smart-TV pristavkalari va boshqa ko’plab qurilmalar uchun Mini UPS.
Bu elektr uzilishi paytida tarmoq uskunasining ishlashini avtomatik ravishda qo'llab-quvvatlaydigan ixtisoslashtirilgan zaxira batareyasi. Batareya quvvati tanlangan modelga qarab farq qiladi.


MUHIM!!!
Qaysi modeldagi UPS ni tanlashingizdan qat’iy nazar, UPS ga qurilma ulashdan avval unga kerakli voltga e’tibor qarating. Keragidan yuqori kuchlanish berish, qurilmani kuydirishi mumkin. Agar tushunarli bo’lmasa, mutahassislar bilan maslahat qiling, chat orqali bizga aloqaga chiqing yoki internet orqali ma’lumot qidiring.
To’g’ri foydlanish:
1. UPS qurilmasini o’zingizga mosini to’g’ri tanlang. Bunda sizdagi qurilma uchun qanday kushlanish (5V, 9V yoki 12V) kerakligini aniq bilib oling. Va shunga qarab o’zingizga mosini tanlang.
2. Buyurtmani qo’lga kiritgach, tovar yetkazish punktidayoq tekshirib oling.
3. UPSni quti (karobka)dan ehtiyotkorlik bilan oching. Chunki ayrim modellarda kichik hajmdagi shtekrlari bor.
4. qurilmangizga mos kuchlanishni va shtekrni tanlab oling. Ko’plab modellarda turli shtekrlar va turli chiqish kuchlanishlari mavjud.
5. UPS.ni avval qurilmangizga ulang.
6. kryin esa UPS ni rozetka (220V)ga ulang. ESLATMA - ayrim modellarda UPS to’g’ridan-to’g’ri ulanadi. Ayrim modellarda esa ta’minot manbai (blok pitaniya) orqali ulanadi. Rasmga qarang.
7. UPS qurilmasi kamida 4 soat uzluksiz elektr tarmog’iga ulangandan so’ng batareyasi quvvat oladi va elektr tarmog’idan UPS.ni uzsangiz ham unga ulangan qurilma ishlaydi.
8. UPS ni imkon qadar havo aylanadigan, ochiq joylarga qo’yish tavsiya etadiladi. Bu ish orqali siz uni uzoq muddat xuzmat qilishini ta’minlaysiz.

