• Maksimal foydalanuvchi vazni: 100 kg
• Korpus materiali: Metall, plastik
• Komplektatsiyasi: Stepper, 2 ta ekspander, o‘rnatish kalitlari, moylash suyuqligi, yo‘riqnoma
• Displey funksiyalari: Vaqt, qadamlar soni, kaloriya hisoblagichi
• Yuklama tizimi: Gidravlik silindrlar
• Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
Ushbu mini stepper trenajyori uy sharoitida faol hayot tarzini olib borish va jismoniy holatni yaxshilash uchun qulay yechimdir. Qurilma mustahkam metall korpus va gidravlik silindrlar tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, silliq va bir maromdagi harakatni ta’minlaydi. Maxsus aylanma murvat orqali pedallarning balandligini shaxsiy xohishga ko‘ra sozlash mumkin.
Pedallar yuzasidagi bo‘rtma relyef mashg‘ulot davomida oyoq kiyimning sirg‘anib ketishidan himoya qiladi. Elektron displey real vaqt rejimida qadamlar soni, mashg‘ulot vaqti va sarflangan kaloriya miqdorini ko‘rsatib boradi. Komplektga kiritilgan ikkita tutqichli elastik arqon (ekspander) tana yuqoki qismi mushaklarini ham yuklama bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Ixcham o‘lchamlari sababli trenajyor xonada ko‘p joy egallamaydi va saqlash uchun qulay.

