Ixcham va ishonchli seyf – uy, ofis, do‘kon yoki boshqa joylarda hujjat, naqd pul, zargarlik va boshqa qimmatli buyumlarni xavfsiz saqlash uchun ideal tanlov. Seyf ikkita qulflash tizimiga ega: kalit bilan ochiladi yoki elektron kod orqali. Bu esa xavfsizlik darajasini oshiradi.
O‘lchami: 23x17x17 sm – kichik, lekin yetarlicha sig‘imli. Ichki qoplamasi silliq, buyumlar tirnalmaydi. Seyfni devorga yoki polga mustahkam qilib o‘rnatish mumkin.
To‘plamga 2 ta kalit,o‘rnatish uchun aksessuarlar kiradi. Ishlatilishi oson, ko‘rsatmalar oddiy va tushunarli.
✅ Mustahkam korpus
✅ Kalitli + elektron qulflar
✅ Uy va ofis uchun mos
✅ Zamonaviy dizayn
✅ Oson o‘rnatiladi va foydalaniladi

