Yuqori sifatli zanglamaydigan po‘latdan yasalgan zamonaviy va chidamli lanch-boks — o‘z sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qiladigan va uydan tashqarida ham uy taomlarini afzal ko‘radiganlar uchun ajoyib yechimdir. Nafis metall korpusi zamonaviy va estetik ko‘rinishga ega bo‘lib, bu uni maktab o‘quvchilari, shuningdek, piknik va sayohat ishqibozlari uchun ajoyib aksessuarga aylantiradi.
Konteyner premium klassdagi oziq-ovqat zanglamaydigan po‘latidan tayyorlangan bo‘lib, u mutlaqo xavfsiz, zararli moddalar ajratmaydi, taomlar hidini o‘ziga singdirmaydi va oson yuviladi. 18,5х10х5,5 sm hajmdagi ixcham va ergonomik o‘lchamlari tufayli lanch-boks ko‘p joy egallamasdan, har qanday maktab ryukzakiga osongina joylashadi.
Mustahkam qisqichli (zashyolka) ishonchli qopqoq va sifatli silikon zichlagich yuqori germetiklikni ta’minlaydi hamda buyumlaringizni qayla (sous) yoki yog‘ning tasodifan to‘kilib ketishidan himoya qiladi. Metall lanch-boks zarbalarga, tushib ketishlarga va tirnalishlarga chidamli, shuning uchun u sizga uzoq yillar xizmat qiladi va bir martalik plastikning o‘rnini bosuvchi ekologik toza muqobilga aylanadi.
Afzalliklari:

