Magnoliya ekstrakti
Tozalikni ifodalovchi magnoliya Osiyo va Amerikada asrlar davomida qo‘llanilgan. Bu Xitoyda muqaddas hisoblangan eng qadimgi gulli o‘simliklardan biridir. Magnoliya terini yumshatadigan va uni ultrabinafsha nurlari hamda ifloslanish kabi noqulay atrof-muhit omillaridan himoya qiladigan, terini yanada yaltiroq qiladigan onorokiol va magnololga boy.
Sutning organik ekstrakti
Sut — terini parvarish qilish uchun eng yaxshi tabiiy vositalardan biri bo‘lib, u yumshatuvchi va namlantiruvchi xususiyatlarga ega. U quruq terining namligini yaxshilashi isbotlangan sut kislotasiga, shuningdek, terining tashqi ko‘rinishini yaxshilaydigan kalsiy, vitaminlar, minerallar va oqsillarga boy.

