Chex jurnalisti Milena Yesenskaya bilan bo‘lgan munosabatlari "Praga dahosi" hayotidagi eng kuchli hissiy kechinmaga aylandi. Ularning ishqiy munosabatlari qisqa muddat davom etgan bo‘lsa-da, o‘zaro yozishmalari bir necha yilga cho‘zilgan. Yozuvchi aynan Milenaga o‘z kundaliklari hamda keyinchalik "Otaga maktub" nomi bilan mashhur bo‘lgan asarini ishonib topshirgan; ularning murakkab va hissiyotlarga boy munosabatlari Kafkaning yirik asari — "Qasr" romanida o‘z aksini topgan.
Ko‘pincha javobsiz qolgan bu maktublar xavotirli o‘ylar, qo‘rquvlar, og‘riqli kechinmalar va chuqur o‘zaro anglashuvga to‘la do‘stona yozishmalarni eslatadi. Ular Kafkaning boshqacha bir qirrasini — qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan romantik inson qiyofasini namoyon etadi.
Bu maktublar Kafkaning o‘ziga xos shaxsiyati va iste’dodini chuqurroq anglash imkonini beruvchi yana bir nodir asar hisoblanadi.

