Tarkibi va tuzilishi: Mikrofibra judayam ingichka poliester va poliamid tolalaridan tayyorlanadi. Tolalari inson soch tolasi va ipakdan ham bir necha barobar ingichka boʻladi.
Asosiy xususiyatlari:
Yuqori singdiruvchanlik: Oʻz ogʻirligidan 7-8 barobar koʻp suyuqlikni yoki namlikni tezda tortib oladi.
Chang va kirni yaxshi ushlashi: Tolalari orasidagi statik zaryad va mikroskopik tirqishlar sababli chang hamda kirni shunchaki surtib qoʻymay, oʻziga ilib oladi.
Iz qoldirmasligi: Oyna, mebel, mashina oynalari va ekranlarni artganda ortidan pat yoki iz (razvod) qoldirmaydi.
Tez qurishi: Suvni tez shimib olgani kabi, yuvilgandan keyin juda tez quriydi.

