Cyberlynx TK68 — Sizning o‘yin va ishdagi mukammal yordamchingiz!
Cyberlynx TK68 — bu ixchamlik, zamonaviy dizayn va yuqori unumdorlikni o‘zida jamlagan 68 tugmali mexanik klaviatura. U geymerlar, dasturchilar va matn bilan ishlovchi mutaxassislar uchun maxsus loyihalashtirilgan.
Asosiy afzalliklari:
Klaviatura tili (Raskladka): Ingliz va rus harflari (ENG / RU) matn terish va o‘yinlar uchun qulay.
- Hot-Swap Texnologiyasi: Kalitlarni (switchni) payka (kavsharlash) qilmasdan tez va oson almashtirish imkoniyati. Klaviaturangizni o‘zingiz xohlaganday sozlang va moslashtiring!
- Yorqin RGB Yoritgich: 16.8 million xil ranglar va ko‘plab dinamik rejimlar. Ish stalingizga o‘zgacha va zamonaviy ko‘rinish beradi.
- Ixcham va Ergonomik Dizayn (68 tugma): Stolingizda kam joy egallaydi va sichqoncha harakati uchun ko‘proq maydon ajratadi. O‘lchamlari: 310 × 110 × 36 mm.
- Mustahkam ABS Keykaplar: Ishqalanishga va siyqasi chiqib ketishiga chidamli sifatli materialdan tayyorlangan tugmalar.
- 100% Anti-Ghosting: Bir vaqtning o‘zida bir nechta tugma bosilganda ham har bir buyruq zarracha kechikishlarsiz, aniq bajariladi.
- Qulay va Ishonchli Ulanish: Yechiluvchi USB Type-C kabeli orqali tezkor va barqaror ulanish ta’minlanadi.
Texnik xususiyatlari:
- Model: Cyberlynx TK68
- Klaviatura turi: Mexanik
- Tugmalar soni: 68 ta
- Tugma materiali: ABS
- Ulanish turi: Yechiluvchi USB Type-C kabel
- Moslashuvchanlik: Windows, Mac OS, Linux
- O‘lchamlari: 310 × 110 × 36 mm
- Og‘irligi: ~550 g
To‘plam tarkibi:
- Cyberlynx TK68 mexanik klaviaturasi
- USB Type-C ulanish kabeli
- Rasmiy original qadoq (quti)