Futbol maydonida Messi va Ronaldu o‘rtasidagi hal qiluvchi to‘qnashuvni tasavvur qiling. Kim g‘olib chiqardi? Kim maydondagi murakkab vaziyatda yoki hayotdagi nozik pallada to‘g‘ri yechim topa olardi? Kim o‘z jamoasini g‘alabaga yetaklay olardi? Ushbu kitob ana shu savollarning barchasiga javob berishni maqsad qilgan.
Biz ushbu ikki buyuk futbolchining muvaffaqiyat sirlarini ochib beramiz. Siz ularning bolaligi, hayot yo‘li va maydondagi yutuqlari haqida bilib olasiz. Shuningdek, ular haqiqiy jahon yulduzlariga aylanishdan avval futbolchi sifatida qanday shakllangani va rivojlangani bilan tanishasiz.
Bu shunchaki ikki futbolchi haqidagi hikoya emas; bu kuchli motivatsiya va qat’iyat insonni qanday qilib haqiqiy afsonaga aylantirishi mumkinligining yorqin namunasidir.

