Sanoqsiz rekordlar sohibi bo‘lishi, ulkan daromad topishi va butun dunyo bo‘ylab futbol muxlislarining e’tirofiga sazovor bo‘lishiga qaramay, Messi kamtarin va oddiy insonligicha qolmoqda: u o‘zining superyulduzlik maqomidan foydalanmaydi, shov-shuvli intervyular berishdan qochadi va o‘n yildan ortiq vaqt davomida bir klubga sodiq qolgan. Davrimizning sirli shaxsi, o‘zga sayyoralik, chinakam daho — uni shunday va yana ko‘plab boshqa nomlar bilan atashgan.
Bu kitob barcha Messi muxlislari, shuningdek, uning haqiqiy hayot yo‘li bilan qiziquvchilar uchun ayni muddaodir.

