“Mental arifmetika olimpiada kitobi” — IQRO Kids tomonidan tayyorlangan, miyaning hisoblash tezligi va strategik fikrlash qobiliyatini oshirishga mo‘ljallangan maxsus olimpik darajadagi mashqlar to‘plami.
To‘plamda ikkita alohida kitob mavjud:
📘 9-kitob — Ko‘paytirish amali (3000 ta misol)
Bolalarning ko‘paytirish jarayonini tez, xatosiz va avtomatik bajarish qobiliyatini rivojlantiradi. Har xil darajadagi misollar miyaning moslashuvchanligini oshiradi va musobaqalarga tayyorlaydi.
📗 10-kitob — Bo‘lish amali (3000 ta misol)
Bo‘lish amallarini puxta o‘zlashtirish, tez fikrlash va murakkab misollarni qisqa vaqt ichida yechish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Kitoblar quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantiradi:
🧠 Tezkor hisoblash qobiliyati
⚡ Diqqatni jamlash va tez fikrlash
🎯 Olimpiadalarga tayyorlov
📈 Mantiqiy va analitik fikrlash
💡 Xotira va miya moslashuvchanligini kuchaytiradi
O‘quvchilar uchun qimmatli mustaqil mashqlar to‘plami bo‘lib, murabbiylar va o‘qituvchilar uchun ham qulay metodik material hisoblanadi.

