“Mening ilk duolarim” — farzandlar uchun mo‘ljallangan, kundalik hayotda eng ko‘p o‘qiladigan 17 ta zaruriy duolar jamlangan to‘plamdir. Ushbu to‘plam orqali bolalar duolarni o‘qib, yodlab va amalda qo‘llab, ezgu amallarga odatlanadilar.
Duolar bolalar uchun qulay va tushunarli shaklda berilgan bo‘lib, uch xil ko‘rinishda yozilgan:
Arabcha matni — arab harflarida
Arabcha matni — lotin harflarida
O‘zbekcha tarjimasi — lotin harflarida
To‘plamda kundalik hayotda kerak bo‘ladigan duolar mavjud: uyqudan uyg‘onganda va uxlashdan oldin, ovqatdan oldin, kiyinishda, uyga kirish va chiqishda, kasal bo‘lganda, qo‘rqqanda, g‘azablanganda va boshqa holatlar uchun.
To‘plam qattiq qog‘ozlarda, yoqimli ranglarda tayyorlangan va bitta qutiga joylangan. Qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida rangdagi variantlar mavjud.

