Satin manikyur va pedikyur jamlanmasi — bu qo'l va oyoq tirnoqlarini, shuningdek tovon derisini tartibli va go'zal saqlash uchun eng zaruriy asboblar to'plami. Jamlanma tarkibiga tovon va qadoqlarni tozalash uchun qulay egov (terka), o'tkir tirnoq olgich (knipser), tirnoqlarga shakl berish uchun metall pilka, tirnoq va barmoqlarni tozalovchi cho'tka hamda lak surishda qulaylik yaratuvchi yumshoq separator kiradi. Ixcham va yengil dizayni sababli uyda foydalanishga ham, yo'lga o'zingiz bilan olib yurishga ham o'ta qulay.

